Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

O‘rozov: «Barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lganimizda Kannavaroning aybi yo‘q. O‘zimizga unchalik ishonmadik, hayajonlandik»

O‘rozov: «Barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lganimizda Kannavaroning aybi yo‘q. O‘zimizga unchalik ishonmadik, hayajonlandik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov jamoaning JCH-2026dagi ishtirokiga baho berdi.

Fabio Kannavaro murabbiyligidagi jamoa guruh bosqichida Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va DR Kongo (1:3) terma jamoalariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

— Jahon chempionatida boshqacha daraja, u yerda o‘ynash juda qiyin bo‘ldi. Biz bunday turnirga birinchi marta chiqdik. Bu biz uchun tajriba. Umid qilamanki, keyingi Jahon chempionatlarida yaxshiroq ishtirok etamiz.

— Nima uchun ochko to‘plashning imkoni bo‘lmadi?

— O‘zimizga unchalik ishonmadik, hayajonlandik. U yerda yuqori darajadagi futbolchilar o‘ynashdi, ko‘pchiligi — Chempionlar Ligasi g‘oliblari.

— Kannavaroning ishiga qanday baho berasiz?

— O‘zbekiston terma jamoasining barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lganida Fabio aybdor emas. Jismoniy holatimiz yaxshi edi. Kannavaroning yordamchilari bizga ko‘p narsani o‘rgatishdi. Bunday ishtirok etganimizga futbolchilarning o‘zi aybdor, — dedi «Rubin» himoyachisi.

Kiritildi: 07:19, 09.08.2026.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик