Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kerrik «Manchester Yunayted» va «PSJ» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Kerrik «Manchester Yunayted» va «PSJ» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Ushbu o‘yindan olishni ko‘zlagan barcha narsamizga erishdik. Ba’zida yigitlarning o‘zlari muammolarni hal qilishi va vaziyatdan chiqish yo‘lini izlashi yaxshidir. Zarurat bo‘lmaganda ularga hamisha tayyor javoblarni berishni xohlamaymiz. Bu ularni mavsumga ham ozgina tayyorlaydi. Bu borada odamlar har doim ham ko‘ra olmaydigan va bizni to‘liq qoniqtirgan ko‘plab jihatlar bor. Jamoada yaxshi alomatlar ko‘rindi.

Mavsumoldi tayyorgarligi yaxshi o‘tdi deb hisoblayman. O‘tkazilgan o‘yinlarda sekin-asta sur’atni oshirib bordik. Skandinaviyada bo‘ldik, u yerda posiroq va osuda muhitda tayyorgarlik ko‘rish yoqimli bo‘ldi. Odatda, safarlarga chiqqanda hamma narsa mehmonxona va stadionga borish bilan cheklanib qoladi, lekin bu safar biz mahalliy aholi orasida biroz sayr qildik va muxlislar bilan muloqotda bo‘ldik. Yilning bu vaqtida bu juda muhim, chunki siz muxlislarning energiyasi va ehtirosini his qilasiz. Hammamiz bu yerda aynan shuning uchun — ularga quvonch bag‘ishlash uchun yig‘ilganmiz. Afsuski, bugun g‘alabani qo‘lga kirita olmadik, ammo umid qilamanki, pozitiv lahzalar ko‘p bo‘ldi va ular o‘yindan zavq olishganini ayta olishadi», — deydi Kerrikning so‘zlarini «Manchester Yunayted» rasmiy sayti keltirib.

APLning 2026/2027 yilgi mavsum 1-turida «MYU» 22 avgust kuni «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:43, 09.08.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик