Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Valverde — «Real»dagi sardorlik haqida: «Buning hech qachon tugamasligini istayman»

Valverde — «Real»dagi sardorlik haqida: «Buning hech qachon tugamasligini istayman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoa sardori bo‘lish qanday tuyg‘u ekanligi haqidagi savolga javob berdi.

Urugvaylik futbolchi Daniel Karvaxal klubni tark etganidan so‘ng sardorlik bog‘ichiga ega bo‘lgan edi.

«Sardor bo‘lganimdan juda xursandman — buning hech qachon tugamasligini istayman. Iloji boricha eng yaxshi sardor bo‘lish uchun bor kuchimni ishga solyapman», — dedi 28 yoshli futbolchi «Ferensvarosh»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng bergan intervyusida.

«Qaymoqranglilar» Vengriya klubiga qarshi mavsumoldi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozonishdi (2:1). Federiko Valverde ushbu bahsda bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Yarim himoyachi «qirollik klubi» sharafini 2016 yildan beri himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 10:51, 09.08.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик