Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Bruno Gimaraes «Nyukasl» bilan hissiyotlarga boy tarzda xayrlashdi

Bruno Gimaraes «Nyukasl» bilan hissiyotlarga boy tarzda xayrlashdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes «Nyukasl» va klub muxlislari bilan xayrlashdi.

«Bu hayotimdagi eng og‘ir qarorlardan biri bo‘ldi. Klubga kelgan paytimda jamoa murakkab ahvolda edi va men birgalikda erishgan yutuqlarimizdan juda faxrlanaman.

Men bu maskanni chin dildan sevib qoldim. Men buni chindan ham nazarda tutyapman. Birinchi kundan boshlab muxlislar, jamoadoshlarim, Eddi va barcha xodimlar, shuningdek, klubga aloqador bo‘lgan har bir inson menga va oilamga bu yerni o‘z uyimizdek his qilishimizga yordam berishdi.

Men PIF, raisimiz Yasir Al-Rumayyan va Jeymi Rubenga men va ushbu futbol klubi uchun qilgan barcha ezgu ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman. shuningdek, Devid va Rossga butun jarayon davomida menga ko‘rsatgan yuksak hurmati uchun tashakkur aytmoqchiman. Ular meni «Nyukasl»da olib qolish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi va men birga o‘tkazgan vaqtimiz uchun juda minnatdorman.

Bu transfer menga juda og‘ir kechmoqda, chunki «Nyukasl» men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Ammo hayotimda yangi narsani sinab ko‘rishni xohladim. Men va oilam uchun yangi chorlovga tayyorligimni his qilyapman. Mattias Yayssle bilan juda ijobiy suhbat o‘tkazdim va klub juda ishonchli qo‘llarda ekanini anglagan holda ketmoqdaman.

Muxlislar, «raxmat» so‘zi hech qachon yetarli bo‘lmaydi, ammo men buni chin yurakdan aytyapman. Men hamisha ushbu klubning bosib o‘tgan yo‘lining bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. Barchasi uchun rahmat», — deydi Gimaraesning so‘zlarini «Nyukasl» rasmiy sayti keltirib.

Avvalroq «Arsenal» va Bruno transferni 75 million funt sterlingga (87,75 million yevro) kelishib olishgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 11:15, 09.08.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик