Italiya terma jamoasining sobiq texnik direktori Paolo Maldini milliy jamoadagi qisqa muddatli faoliyati haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Maldinining aytishicha, ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola haqiqatan ham Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turgan. Ular Barselonada uchrashib, ushbu loyiha haqida muhokama qilish uchun bir kunni birga o‘tkazishgan.
«U terma jamoada ishlashga juda qiziqqan va taklifni qabul qilishga yaqin turgan. Hatto qog‘ozga ehtimoliy tarkiblarni yoza boshlagan edi. Moliyaviy masala hech qachon muammo bo‘lmagan», — dedi Maldini Corriere Della Serra nashriga bergan intervyusida.
Biroq Gvardiola APLda uzoq yillar davomida ishlagani sababli charchoq tufayli taklifni rad etgan.
«U Angliyada juda og‘ir o‘tgan o‘n yilni boshdan kechirdi. U belidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va biroz tanaffus olishni xohladi», — deya tushuntirdi Maldini.
Eslatib o‘tamiz, Maldini Andrea Pirloga Rossiya bukmekerlari bilan aloqalari sabab bosh murabbiylik lavozimi berilmaganidan norozi bo‘lib, o‘z vazifasini tark etgan.













