«Tottenxem» jamoa sardori Kristian Romeroni «Arsenal»ga sotishni rejalashtirmayapti.
The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik himoyachi bu yozda «Tottenxem»ni tark etishga qaror qilgan va «Arsenal»ga o‘tish variantiga ochiq. Biroq «shporlar» sardorini prinsipial raqibiga berishni istamayapti.
Romeroni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida Madridning «Atletiko» klubi ko‘rilmoqda. Avvalroq futbolchiga «Inter» ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
28 yoshli Romeroning bozor qiymati Transfermarkt tomonidan 50 million yevroga baholangan.













