Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Moryentes: «Real» hech qachon Rodrini jiddiy tarzda qo‘lga kiritishni istamagan»

Moryentes: «Real» hech qachon Rodrini jiddiy tarzda qo‘lga kiritishni istamagan»

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq hujumchisi Fernando Moryentes «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Ispaniyalik futbolchi jamoasini almashtirish arafasida turibdi.

Moryentesning ta’kidlashicha, Madrid klubi dastlabyoq ispaniyalik yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmagan.

«Menimcha, bu juda yomon hazil. Barchasi qanday ishlashini tushunadiganlar «Real» hech qachon Rodrini chindan ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamaganini biladi», — deya Moryentesning so‘zlarini Yahoo Sports keltirdi.

«Rodri «Real»dan voz kechgani haqida gapirasizlar, bizni ahmoq deb o‘ylashyapti. Endi esa mas’uliyatni futbolchining zimmasiga yuklashmoqda va u «Barselona»ga o‘tishni istaganini aytmoqda. Agar Florentino Peres uni haqiqatan ham jamoaga olib kelishni istagan bo‘lsa, bu transfer amalga oshmay qolmasdi», — dedi Moryentes.

Rodri 2019 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda klub miqyosida 33 ta uchrashuvda 6 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 17:51, 09.08.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик