Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«Liverpul» «Monako»ga qarshi nazorat o‘yinida kambek qurboni bo‘ldi

«Liverpul» «Monako»ga qarshi nazorat o‘yinida kambek qurboni bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida Angliyaning «Liverpul» klubi o‘z maydonida Fransiyaning «Monako» jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Enfild» stadionida o‘tkazilgan bahsda mezbonlar hisobni 16-daqiqada ochdi. Hujumchi Aleksandr Isak «Liverpul»ni oldinga olib chiqdi.

29-daqiqada Florian Virs mersisaydliklarning ikkinchi golini urdi.

Biroq birinchi bo‘lim yakunida «Monako» hisobdagi farqni qisqartirdi. 44-daqiqada rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin penalti ishlab, uni aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Mika Biyeret hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin, 88-daqiqada «Monako» hujumchisi Paris Brunner gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa «Liverpul» yangi mavsum oldidan o‘tkazilgan tayyorgarlik bahsida «Monako»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mersisaydliklar bundan avval «Lids»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. «Monako» esa iyul oxirida «Serkl Bryugge» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, «Sporting»ga 0:2 hisobida yutqazgan. 6 avgust kuni fransuz klubi «Xetafe»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:59, 09.08.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик