The Athletic nashrining xabar berishicha, "Fulxem" "Sautgempton" bilan 22 yoshli yarim himoyachi Shi Charlzning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Futbolchi dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, u London klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Transfer narxi 26 million funt sterling va bonuslar sifatida 4 million funt sterlingni tashkil etadi. Bu Shimoliy Irlandiyalik futbolchi uchun to‘langan eng katta to‘lovdir.
Shi Charlz o‘tgan mavsumda Chempionshipda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













