«PSJ»ning fransiyalik vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ga o‘tishga yana bir qadam yaqinlashdi.
Nufuzli insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, «Liverpul» futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Ammo mersisaydliklar transfer summasi bo‘yicha «PSJ» bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda. 23 yoshli o‘yinchining transferi «Liverpul»ga 100 million yevrodan ko‘proqqa tushishi kutilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali mutaxassislari fransiyalik futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.













