Londonning «Arsenal» klubi himoya markaziga yangi futbolchi sotib olish ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati – 2026 da «Arsenal» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba jiddiy jarohat olgan edi. Avvalroq xorij OAVlarida «kanonirlar» «Tottenxem»dan Kristian Romeroni taklif qilishdan manfaatdor ekani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi, ammo «shporlar» o‘z o‘yinchisini ashaddiy raqibi safiga qo‘yib yuborish niyatida emas.
16 avgust kuni «Arsenal» yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi — raqib «Manchester Siti» bo‘ladi. Angliya Superkubogi uchun kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.













