Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Del Pyero Alaybegovichning «Yuventus»ga o‘tishi haqida: «Juda xursandman»

Del Pyero Alaybegovichning «Yuventus»ga o‘tishi haqida: «Juda xursandman»

Baho:
+ | -1

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero Kerim Alaybegovichning transferidan xursand ekanini bildirdi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 18 yoshli forvardi Turin klubiga «Bayer»dan 30+5 million yevro evaziga o‘tdi.

«Juda xursandman, chunki u, birinchidan, hayratlanarli darajada iste’dodli, ikkinchidan, juda yosh. Oldinga o‘tib aytsam, uning shartnomasi katta ustunlikdir, chunki Italiyaga keladigan iste’dodli futbolchilarni topish biz uchun hamisha qiyin kechgan, sababi ularni bizdan ilib ketishardi. Endi esa bizda shunday iste’dod bor...

Umid qilamizki, unda hammasi o‘xshaydi, o‘sishi uchun yetarli vaqt beriladi va uni shoshirishmaydi — chunki bundan hech qanday ma’no yo‘q. Eng muhimi, u jamoaga yaxshi moslashib olsin. O‘ylaymanki, yil davomida Spallettida unga harakat erkinligi berish imkoniyati bo‘ladi — keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — deydi Del Pyero.

Kiritildi: 15:00, 10.08.2026.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик