Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Mourinyo: «Qachon o‘lsam, o‘shanda dam olaman»

Mourinyo: «Qachon o‘lsam, o‘shanda dam olaman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga munosabati haqida gapirdi.

«Futbol bilan bog‘liqligimni qachon to‘xtatishimni hatto tasavvur ham qila olmayman. Menimcha, yana 10 yil, balki undan ham ko‘proq ishlayman. Bu juda qiziq. Ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayman. Buni hech qachon bo‘lmagan joylarimda amalga oshirishni istayman, shuningdek, avval g‘alaba qozongan joylarimda ham yana shunday natijaga erishmoqchiman.

Mening dunyom — 50-90 ming muxlis sig‘adigan futbol stadioni. Futbolsiz o‘zimni nimadandir mahrum bo‘lgandek his qilaman. Ammo buni vasvasa deb hisoblamayman. Menda bunday his yo‘q. Ma’lum bir darajaga yetganingizda, shunchaki shu darajada abadiy qolishni xohlaysiz.

Ayrim murabbiylarga uzoq muddatli ta’til kerak bo‘ladi, men esa bundan nafratlanaman. Bu so‘zni yoqtirmayman. Men uchun ta’til zaiflikni anglatadi. Menga ta’til haqida gapirmang. Menga hech qachon dam olish kerak emas. Qachon o‘lsam, o‘shanda dam olaman», — deya Mourinyoning so‘zlarini The Sun nashri keltiradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:12, 10.08.2026.
O'qildi: 1490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик