"Paxtakor" bosh murabbiyi Emilian Karas va jamoa futbolchisi Bashar Resan Elit OCHL saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Al-Husayn"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Karas: - Bir necha oy oldin Iordaniya futboli haqida hech narsa bilmas edim. Iordaniya terma jamoasining darajasi ancha yuqori ekan. Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Adashmasam, "Al Hussayn"ning 7 nafar yoki undan ko‘proq futbolchisi mundialda ishtirok etdi. Shuningdek, "Al Hussayn"ning Kubok va Chempionatdagi natijalarini kuzatib bordim. Jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Vaziyatdan foydalanib, muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim.
Biz Superligada ko‘p ochko yo‘qotdik. "Buxoro"ga qarshi so‘nggi o‘yinda barchasi yaxshi edi. O‘yinni nazorat qilayotgandik. Men buni jismoniy holat bilan bog‘lamayman. Menimcha, muammo konsentrasiyada bo‘ldi. O‘zingiz bilasiz, 2:0 hisobi futboldagi eng noqulay hisoblardan biri. Raqibning birinchi golini esa o‘zingiz ko‘rdingiz. Shundan so‘ng ularda ruhiy ustunlik va ishtiyoq paydo bo‘ldi. Biz yana shunday vaziyatlar takrorlanmasligi ustida ishlayapmiz.
Aynan qanday o‘yin namoyish etishimizni aniq ayta olmayman. Hech qaysi bir jamoa maydonga yutqazamiz deb chiqmaydi, buni bilasiz. Ushbu bosqich bir o‘yindan iborat. Bu esa juda muhim omil. Ko‘plab hisobga olishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor, ob-havo. Ertaga "Paxtakor" g‘alaba olib keladigan o‘yin namoyish etadi.
Resan: - Ertaga oson o‘yin bo‘lmaydi. "Al Hussayn"ning ko‘plab futbolchilari Jahon chempionatida o‘ynadi. Biz to‘rt kun oldin "Buxoro"ga qarshi o‘ynadik. Ikkita mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik, biri tiklanish uchun va ikkinchisi taktik mashg‘ulot. Nasib ertaga yaxshi natijaga erisha olamiz. "Al Hussayn" hali yangi mavsumda o‘yin o‘tkazmadi. Shuning uchun murabbiylar shtabi raqibni o‘rganishda biroz qiyinchilikka duch kelgan bo‘lishi mumkin.
Ayman Osiyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U mundialda qanday o‘ynaganini ko‘rdingiz. Mundialga saralashda ko‘plab gol urdi va mundialning o‘zida ham. U mendan Superliga darajasini va hayot qanday ekanligini so‘radi. Men O‘zbekistonda mahalliy chempionat kuchliligini aytdim. Hozir bir uch nafar iroqlik bir jamoada o‘ynamoqdamiz. Biz "Paxtakor"ga ko‘proq yordam berishimiz kerak.
To‘rt hafta oldin maydon yaxshi holatda edi. Ertangi o‘yinni "Paxtakor" uchun emas, o‘zbek futboli uchun tomosha qilishadi. Qolaversa, ochiq futbol o‘ynaydigan jamoalar uchun maydon holati yaxshi bo‘lishi o‘ta muhim. Ertaga bunday kamchiliklarga e’tibor bermay, faqatgina natija haqida o‘ylaymiz. Maydon holati bizga hech qanday muammo tug‘dirmaydi.













