Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres jamoaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz startidan so‘ng bosh murabbiy Luis de la Fuentega qanday murojaat qilgani haqida gapirib berdi.
«Qizil furiya» guruh bosqichining birinchi turida Kabo-Verdega qarshi o‘yinda kutilmaganda ochko yo‘qotdi — 0:0. Qolgan barcha uchrashuvlarda ispanlar g‘alaba qozonishdi va yakunda kubokni qo‘lga kiritishdi.
«JCH-2026’dagi birinchi o‘yindan so‘ng men de la Fuentega xavotir olmasligi kerakligini aytdim, chunki men eng muhim paytlarda o‘zimni ko‘rsataman», — deydi Torresning so‘zlarini keltirgan Barca Universal.
26 yoshli hujumchi Ispaniyaning Argentina ustidan qozongan g‘alabasi bilan yakunlangan mundial finalidagi yagona golni urdi. «Barselona» vakili hal qiluvchi bahsning 106-daqiqasida to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.













