«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska bir qator futbolchilarning klubni tark etgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz Bernardu Silva, Natan Ake va Jon Stounsni yo‘qotdik. Bu futbolchilar ko‘p yillar davomida shu yerda edilar, ammo avlodlar almashinuvi yuz beradigan vaqt baribir keladi. Bu tabiiy jarayon», — deydi Mareskaning so‘zlarini keltirgan jurnalist Simon Baykovski.
Murabbiy David Silva ketganida ham hamma xavotirga tushganini, ammo de Bryoyne paydo bo‘lganini, keyin Aguero ketganida Xoland kelganini, Fernandinyo o‘rniga esa Rodri kelganini eslatib o‘tdi.













