«Tottenxem» 2026/27 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan uchinchi liboslar to‘plamini taqdim etdi.

Forma binafsharangda ishlangan bo‘lib, Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Ushbu to‘plamni yaratishda 1990-yillar o‘rtalaridagi «Tottenxem»ning klassik safar liboslari ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan APL mavsumida «Tottenxem» 41 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallagan edi.













