«Fulxem» «Sautgempton» yarim himoyachisi Shey Charlzning transferini rasman e’lon qildi.
22 yoshli Shimoliy Irlandiya terma jamoasi a’zosi «dalachilar» bilan 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Ko‘zida yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ham mavjud. Ushbu transfer uchun «Fulxem» 30 million funt sterling to‘ladi.
O‘tgan mavsumda Charlz barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Fulxem» 2025/26 yilgi mavsumda APL turnir jadvalida 11-o‘rinni egallagan edi. Yangi mavsumda Alvaro Arbeloa shogirdlari o‘z yurishini 24 avgust kuni «Chelsi»ga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.













