«Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa «Arsenal» e’tiborini tortdi.
«Kanonirlar» 28 yoshli markaziy himoyachining o‘tishidan manfaatdor, uning «Aston Villa» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Avvalroq londonliklar yozgi transfer oynasida yangi markaziy himoyachi sotib olish ustida ishlayotgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Konsa barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatma berdi. «Sherlar» bilan birga angliyalik futbolchi Yevropa Ligasi-2025/26 g‘olibiga aylandi.
Ezri Konsa Angliya terma jamoasi tarkibida JCH-2026da ishtirok etib, turnirda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Ushbu yozda «Arsenal» «Bryugge» vingeri Xristos Solis, «Lids» darvozaboni Illan Melye va «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimarayns bilan shartnoma imzoladi.
«Arsenal» o‘tgan mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida «kanonirlar» o‘z tarixida ikkinchi marta finalga chiqishdi, ammo yana trofeyni qo‘lga kirita olishmadi.
Mikel Arteta jamoasi 16 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. APLning yangi mavsumida «Arsenal» 21 avgust kuni «Koventri»ga qarshi o‘yin bilan start oladi.













