"Bayer" Leverkuzen klubi "Marsel"dan argentinalik himoyachi Fakundo Medinani sotib olganini e’lon qildi. 27 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 2031 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi.
Medina chap qanotda yoki markaziy himoyada o‘ynashi mumkin. U 2-raqam ostida o‘ynaydi.
"Fakundo Medina bilan biz juda tajribali o‘yinchini sotib oldik, u o‘zining mahorati va kuchli xarakteri tufayli darhol jamoamizning ustuniga aylanadi. U yakkama-yakka janglarda kuchli, qat’iyatli va tajovuzkor. Fakundoning fazilatlari bizning tarkibimizda muhim element hisoblanadi. Uning bizga qo‘shilganidan xursandmiz", dedi "Bayer" sport direktori Saymon Rolfes.
Medina 2020 yildan beri Fransiya chempionatida o‘ynab kelayotgadi. U 2025 yilda "Marsel"ga qo‘shilishdan oldin "Lans"da o‘ynagan.
"Bundesliga va "Bayer"ga o‘tish men uchun juda yaxshi. Jahon chempionatida Palasios menga klub haqida ko‘p gapirdi va Leverkuzen haqida juda yuqori baho berdi. Palasios bu yerda uzoq vaqtdan beri ishlaydi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi - men ham "Bayer" bilan shunday tajribaga ega bo‘lishni istayman", dedi Medina.
Bu yozda Medina Argentina terma jamoasida o‘ynab, Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.













