«Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Inter»ning sobiq hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi.
37 yoshli chilililik futbolchi va «Monreal» 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladilar. Kelishuv klub tomonidan shartnomani 2027/28 yilgi mavsumga uzaytirish opsiyasini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan mavsumda Aleksis «Sevilya»da o‘ynagan va La Liganing 28 ta o‘yinida 4 ta gol urgan.













