Kirish Ro'yxatdan o'tish

Serbiya amaldagi chempioni mashhur murabbiyni ishdan bo‘shatdi

Serbiya amaldagi chempioni mashhur murabbiyni ishdan bo‘shatdi

Baho:
+ | -

«Srvena Zvezda» bosh murabbiyi Deyan Stankovich jamoaning Chempionlar ligasi saralash bosqichidan chiqib ketganidan so‘ng iste’foga chiqarildi.

«Direktno» nashri ma’lumotiga ko‘ra, Stankovich Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichi doirasida «Xapoel»ga qarshi javob uchrashuvidan keyin futbolchilar bilan kiyinish xonasida xayrlashgan. Belgradda o‘tkazilgan bahsda serb klubi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi uchrashuvda ham «Srvena Zvezda» 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Shu tariqa, Serbiya amaldagi chempioni qit’aning eng nufuzli klublar musobaqasi — Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma ololmadi. Jamoa Yevropa musobaqalaridagi ishtirokini Yevropa ligasi saralash bosqichida davom ettiradi va u yerda Chexiyaning «Viktoriya» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Stankovich «Srvena Zvezda»ni 2025 yil dekabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 ta g‘alaba, 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Kiritildi: 12:38, 12.08.2026.
O'qildi: 1037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик