«Atletiko» Seuldagi mavsumlaroro safardan so‘ng berilgan ikki kunlik dam olishdan keyin yana ishga qaytdi. Xulian Alvares barcha jamoadoshlari va Diyego Simeone bilan qayta birlashdi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Kun kecha jamoani tark etishni istayotgan argentinalik hujumchi klub qarorgohiga qaytgani va vaziyatni Diyego Simeone bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgani, ammo buning iloji bo‘lmagani haqida xabar berilgan edi – bosh murabbiy Ibisaga ikki kunga uchib ketgan edi. Futbolchi murabbiyda muammoni hal qilish va u bilan gaplashish uchun «jasorat yetmadi» deb hisoblashi ta’kidlangan edi. Bundan tashqari, u mashg‘ulot bazasidagi barchaga unga umid bog‘lamasliklarini aytgan. U «Barsa»ga o‘tishni xohlaydi va o‘z so‘zida turishini ma’lum qilgan.
Bugun esa jamoaning mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi, uning 15 daqiqasi OAV uchun ochiq edi.
Qayd etilishicha, Xulian «biroz yolg‘iz» ko‘ringan va faqat Toma Lemar bilan gaplashgan. Shu bilan birga, Koke, Aleks Baena va Markos Lyorente jamoadoshiga qaratilgan kameralarga e’tibor bermay hazil-mutoyiba qilib turishgan.
Shuningdek, Simeone taktik mashg‘ulotlar paytida Alvaresni asosiy tarkib guruhiga joylashtirdi. Argentinalik futbolchi hujumlarni rivojlantirish mashqlari uchun tuzilgan jamoalardan birida Lemar bilan juftlik hosil qildi.













