Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Roma» jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

«Roma» jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining qanot himoyachisi Nauel Molina endi Italiyaning «Roma» klubi sharafini himoya qiladi. Rim klubi Madridning «Atletiko» jamoasidan futbolchining transferini rasmiy saytida e’lon qildi.

Mehnat shartnomasining muddati haqida rimliklar ma’lumot berishmadi. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, Molina «Roma»da 2030 yilning yozigacha o‘ynaydi, transfer summasi esa 18 million yevroni tashkil etdi.

A Seriyada futbolchi 20-raqam ostida to‘p suradi.

28 yoshli Molina oxirgi to‘rt mavsumni «Atletiko»da o‘tkazdi. Ispaniya jamoasi tarkibida qanot himoyachisi barcha turnirlarda 181 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va 17 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 15:15, 12.08.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик