Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Depay: «Hafsalam pir bo‘ldi»

Depay: «Hafsalam pir bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Korintians»ning sobiq hujumchisi Memfis Depay Braziliya klubining u bilan shartnomani uzaytirmaslik haqidagi qaroriga izoh berdi.

«Korintians» shartnomamni yana 2 yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvimizga amal qilmaslikka qaror qilganini bilib, juda hafsalam pir bo‘ldi. Ushbu uzaytirish prezident, shuningdek, sport, yuridik va moliyaviy departamentlar bilan aniq kelishib olingan edi. Biroq ba’zi odamlar bu majburiyatni buzishga qaror qilishdi…

Men bunday vaziyatni xohlamagan edim va butun jarayon davomida klubni hamisha hurmat qildim, ammo endi o‘z manfaatlarimni himoya qilish uchun keskin munosabat bildirishga majburman. Yaqin kunlarda omma oldida chiqish qilaman, lekin ishonchingiz komil bo‘lsinki, bu qabul qilib bo‘lmas xulq-atvorni javobsiz qoldirmayman», — deb yozdi Depay X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.

Hujumchi erkin agent maqomini oldi — uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 31 iyuligacha mo‘ljallangan edi.

Depay «Korintians»ga 2024 yilning sentyabrida o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Niderlandiya terma jamoasi tarkibida 32 yoshli Depay JCH-2026 da ishtirok etdi. U turnirda uchta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

«Korintians» Braziliya A Seriyasida 7-o‘rinni egallab turibdi. Fernando Diniz jamoasi navbatdagi o‘yinini 14 avgustga o‘tar kechasi Libertadores Kubogida «Rosario Sentral»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:54, 12.08.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик