Mishel Platini Matvey Safonov va Manuel Noyerni tanqid qildi. U o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esladi.
Birinchi bahsda «PSJ» o‘z maydonida «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag‘lub etgan. Javob o‘yini Germaniyada 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.
«PSJ»ning «Bavariya» ustidan 5:4 hisobidagi g‘alabasidan keyin bu o‘yinni “asr uchrashuvi” deb atashdi. Menga esa 1:1 hisobida yakunlangan javob bahsi ko‘proq yoqdi. Birinchi o‘yinda darvozabonlar katta sahnaga chiqmadi, himoyachilar esa undan ham yomonroq edi. Ular to‘qqizta gol o‘tkazib yuborishdi, biz esa buni asr uchrashuvi deb ataymizmi? Hozir biz haqiqatan ham shou-biznes olamida yashayapmiz», — dedi Platini.













