«PSJ» hujumchisi Magnes Akliush UYEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.
Ushbu bahs 24 yoshli fransuz futbolchisi uchun Parij klubi safidagi debyut o‘yini bo‘ldi.
«Birinchi o‘yin, birinchi g‘alaba va birinchi sovrin. Bu — Parij!» — deb yozdi Akliush ijtimoiy tarmoqda va sovrin bilan tushgan suratini e’lon qildi.
«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UYEFA Superkubogi uchun bahsdagi g‘alaba bilan boshladi.













