Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Buendiya: «Mag‘lubiyat alamli, ammo o‘yinimiz bilan faxrlanishimiz mumkin»

Buendiya: «Mag‘lubiyat alamli, ammo o‘yinimiz bilan faxrlanishimiz mumkin»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» hujumchisi Emiliano Buendiya UYEFA Superkubogi uchun «PSJ»ga qarshi o‘tkazilgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.

«Mag‘lubiyatning ta’mi achchiq, ammo bugun qanday o‘ynaganimiz bilan faxrlanishimiz mumkin, deb o‘ylayman. Biz juda yaxshi kurashdik. Yaxshiroq natijaga erishishimiz ham mumkin edi. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo «PSJ» safida yuqori saviyali futbolchilar bor. Ular o‘z imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermaydi. Ular gol urdi va o‘yinda g‘alaba qozondi.

Menimcha, biz juda yaxshi kurashdik. Hisobda ortda borayotgan paytimizda vaziyatni o‘zgartirish oson bo‘lmadi. Birinchi bo‘lim oxirida hujumkor o‘ynadik va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratdik. Brayan juda chiroyli gol urdi, shuning uchun tanaffusga o‘z kuchimizga ishongan holda chiqdik. Ikkinchi bo‘limda ham xarakter ko‘rsata oldik», — deya Buendiyaning so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirdi.

Kiritildi: 04:47, 13.08.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик