Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Mbappe ketganidan keyin «PSJ» 12 ta sovrindan 10 tasini qo‘lga kiritdi

Mbappe ketganidan keyin «PSJ» 12 ta sovrindan 10 tasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe «Real»ga o‘tganidan keyin «PSJ» o‘zi ishtirok etgan 12 ta musobaqaning 10 tasida sovrinni qo‘lga kiritdi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi UYEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi sovriniga ega chiqdi.

2024/25 yilgi mavsumda Parij klubi Liga 1, Fransiya kubogi, Fransiya Superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida esa «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi. Bu «PSJ»ning Kilian Mbappesiz o‘tkazgan ilk mavsumi edi.

2025/26 yilgi mavsumda «PSJ» yana Fransiya chempioni bo‘ldi, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda zafar quchdi. Fransiya kubogida esa jamoa 1/16 final bosqichida musobaqani tark etdi.

Shu tariqa, Mbappe jamoadan ketganidan so‘ng «PSJ» sovrinlar uchun kurashda yuqori samaradorlik ko‘rsatib, 12 ta imkoniyatdan 10 tasini g‘alaba bilan yakunladi.

Kiritildi: 05:07, 13.08.2026.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик