Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Avstriya terma jamoasining ikki futbolchisi Italiyaga yo‘l oldi

Avstriya terma jamoasining ikki futbolchisi Italiyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

A Seriyaga qaytgan «Frozinone» tarkibini birdaniga ikki avstriyalik futbolchi — Romano Shmid va Florian Grillich bilan kuchaytirganini e’lon qildi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Romano Shmid Italiya chempionatiga Germaniya Bundesligasidan yo‘l oldi. U bunga qadar Bremenning «Verder» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Florian Grillich esa Portugaliyaning «Braga» klubidan «Frozinone»ga o‘tdi. U bilan bir mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

DerbyDerbyDerby.it ma’lumotiga ko‘ra, Grillich Italiyada to‘p tepishni doimo orzu qilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasida yangi mavsum 22 avgust kuni start oladi. «Frozinone» chempionatdagi ilk uchrashuvini o‘z maydonida Turinning «Yuventus» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 06:52, 13.08.2026.
O'qildi: 1065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик