«Tottenhem»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons Xavi Ernandesning Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis chorshanba kuni rasman «apelsinranglilar» bosh murabbiyiga aylandi. U bilan 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Bu xabarga «Barselona» afsonasi sharafiga Xavi deb ism qo‘yilgan Xavi Simons ham darhol munosabat bildirdi.
«Sizning ismingiz mening ismimga ilhom bo‘lgan. Niderlandiyaga xush kelibsiz, murabbiy Xavi Ernandes», — deb yozdi 23 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda va ispaniyalik mutaxassis bilan birga tushgan suratini e’lon qildi.
Xavi Simons aprel oyida olgan xochsimon pay jarohatidan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. «Tottenhem» futbolchisining kelasi yil boshida safga qaytishi rejalashtirilgan.













