«PSJ» sardori Markinyos UYEFA Superkubogida «Aston Villa» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Parijliklarga g‘alabani Xvicha Kvarasxeliya va Dezire Duening gollari keltirdi.
«Biz yakshanba kungi o‘yinga tayyormiz. Qachonki sovrin yutish imkoniyati paydo bo‘lsa, uni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni beramiz.
Albatta, ayrim musobaqalar muhimroq, ammo har bir sovrin tarixda qoladi va o‘z qadriga ega. Biz bor kuchimizni ishga solamiz. Bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha tajribamiz bor», — dedi Markinyos.
16 avgust kuni «PSJ» Fransiya Superkubogi uchun «Lans»ga qarshi maydonga tushadi.













