Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Messi faoliyatida birinchi marta jamoasi bilan guruhda qolib ketdi

Messi faoliyatida birinchi marta jamoasi bilan guruhda qolib ketdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» Ligalar kubogida «Leon»ga mag‘lub bo‘lib, guruh bosqichidan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

Uchrashuv Meksika klubining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Inter Mayami» bahs davomida ikki marta hisobda oldinga chiqdi, ammo mehmonlar har safar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv oxirida esa «Leon» g‘alaba golini kiritdi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, shu tariqa 39 yoshli Lionel Messi professional faoliyatida ilk bor o‘zi ishtirok etgan turnirning guruh bosqichidan o‘ta olmadi. Argentinalik futbolchining jamoalari bunga qadar u ishtirok etgan barcha turnirlarda guruhdan chiqib, pley-off bosqichiga yo‘l olardi.

«Leon»ga qarshi uchrashuvda Messi ikkinchi bo‘lim boshlanishi oldidan zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.

«Inter Mayami» uch turdan so‘ng 3 ochko to‘pladi. «Leon» esa barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 07:57, 13.08.2026.
O'qildi: 2102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик