Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias «Deportivo»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) urgan goli haqida fikr bildirdi.
Marokashlik futbolchi birinchi bo‘lim yakunida uchrashuvdagi yagona golni kiritdi. Golli uzatma esa darvozabon Andrey Lunin hisobiga yozildi — ukrainalik golkiper to‘pni uzoq masofaga qo‘li bilan tashlab, Diasni hujumga chiqarib yubordi.
«Lunin meni ko‘rdi va juda yaxshi uzatma berdi. To‘pni ko‘ksim bilan qabul qilganimdan keyin raqibdan ustunlikka ega bo‘ldim va bo‘sh hududga chiqib ketdim. Keyin esa vaziyatni yaxshi yakunladim. Chiroyli gol bo‘ldi, ammo bu — Lunining xizmati», — dedi Dias o‘yindan keyingi intervyuda.
«Real» navbatdagi mavsumoldi uchrashuvini 16 avgust kuni o‘tkazadi. Madridliklarning raqibi Germaniyaning «Shalke 04» klubi bo‘ladi.













