Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Deportivo"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi 1:0 hisobidagi g‘alabani La Liga oldidan muhim sinov sifatida baholadi.
Safarda o‘tgan uchrashuv taqdirini birinchi bo‘lim oxirida Braim Dias tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
"La Ligada bunga o‘xshash o‘yinlarimiz ko‘p bo‘ladi, ayniqsa, safarda. Balki har doim ham darhol ustunlikka erisha olmasmiz, ammo gol ursak — g‘alaba qozonamiz. Bugungi kabi 1:0 hisobidagi g‘alabalarimiz ko‘p bo‘ladi", — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
13 yillik tanaffusdan so‘ng "Real"ga qaytgan Mourinyo jamoasi Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni o‘tkazadi. Madridliklar 1-turda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













