Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Angliyaning sobiq chempioni sotuvga qo‘yildi

Angliyaning sobiq chempioni sotuvga qo‘yildi

Baho:
+ | -

"Lester" egalari klubni sotuvga qo‘yishga qaror qildi.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, potensial investorlarga klub, uning tarkibi va aktivlari haqida ma’lumotlar jamlangan taqdimot allaqachon yuborilgan.

Shrivaddanaprabxa oilasi klub aksiyalarining to‘liq paketi uchun taxminan 300 mln dollar olishni rejalashtirmoqda. Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, 200 mln dollar atrofidagi summa realroq baholanmoqda.

Klub qiymatining pasayishiga "Lester"ning Angliyaning kuch jihatidan uchinchi divizioniga tushib ketgani va so‘nggi yillarda katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchragani ta’sir ko‘rsatgan.

Sotuv taklifiga "Lester"ning erkaklar va ayollar jamoalari, klub akademiyasi, "King Pauer" stadioni hamda mashg‘ulot bazalari kiradi.

Amaldagi egalar "Lester"ni 2010 yilda taxminan 47 mln dollarga sotib olgan edi. Ular boshqaruvi davrida jamoa 2016 yilda sensasion tarzda Angliya Premyer-ligasi chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 10:13, 13.08.2026.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик