Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Infantino jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Infantino jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta terma jamoagacha oshirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda The Times xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus Infantinoning FIFAdagi ta’sirini saqlab qolish uchun kurashidagi vositalardan biriga aylanishi mumkin.

Jahon chempionatini 64 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazish g‘oyasini dastlab KONMEBOL ilgari surgan. Infantino ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash orqali ko‘proq milliy futbol assosiasiyalarining xayrixohligiga erishish va qo‘shimcha ovozlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgani aytilmoqda.

Agar 64 jamoali format 2030 yilgi jahon chempionatidayoq joriy etilsa, bu musobaqani tashkil etishda qo‘shimcha murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

JCH-2030ning asosiy qismi Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ayrim uchrashuvlar Argentina, Urugvay va Paragvayda bo‘lib o‘tishi kerak.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Meksika, AQSH va Kanadada o‘tkazildi. Musobaqa tarixida ilk bor unda 48 ta terma jamoa ishtirok etdi. Finalda Ispaniya terma jamoasi g‘alaba qozonib, jahon chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 10:43, 13.08.2026.
O'qildi: 1335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик