Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Biz shou-biznes olamida yashayapmiz». Platini «PSJ» va «Bavariya»ning 5:4 hisobidagi o‘yinini tanqid qildi

«Biz shou-biznes olamida yashayapmiz». Platini «PSJ» va «Bavariya»ning 5:4 hisobidagi o‘yinini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq sardori va UYEFAning eks-prezidenti Mishel Platini «PSJ» hamda «Bavariya» o‘rtasidagi 5:4 hisobida yakunlangan sermahsul uchrashuv nega unda katta taassurot qoldirmaganini tushuntirdi.

«Chempionlar ligasi yarim finalining «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi birinchi uchrashuvi 5:4 hisobida yakunlanganidan keyin odamlar uni «asr o‘yini» deb atashdi. Shaxsan menga javob bahsidagi 1:1 hisobli durang ko‘proq yoqdi.

Darvozabonlar xuddi g‘alvirdek, himoyachilar esa undan ham yomon. Ular jami to‘qqizta gol o‘tkazib yuborishdi, biz esa buni «asr o‘yini» deb atayapmizmi? Biz haqiqatan ham shou-biznes olamida yashayapmiz.

Himoyadagi yaxshi o‘yin yoki darvozabonning ajoyib seyvi ham urilgan gol kabi qimmatli. Bundan tashqari, dunyoda ikki milliard kishi futbol haqida gapiradi va o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi. Men ham shu ikki milliard kishidan biriman va har doim ham haq bo‘lavermasligim mumkin», — deya Platinining so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumgi Chempionlar ligasi yarimfinalining birinchi o‘yinida Parij klubi «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag‘lub etgan. Javob uchrashuvi esa 1:1 hisobida yakunlangan.

Kiritildi: 12:44, 13.08.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик