Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

ESPN Yevropaning eng yaxshi klub murabbiylari reytingini e’lon qildi

ESPN Yevropaning eng yaxshi klub murabbiylari reytingini e’lon qildi

Baho:
+ | -

ESPN Yevropaning eng yaxshi klub murabbiylari bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatdan jami 30 nafar mutaxassis o‘rin olgan.

Reytingning birinchi pog‘onasini «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike egalladi. Uning jamoasi o‘tgan mavsumda yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Pep Gvardiolaga nasib etdi. Ispaniyalik mutaxassis «Manchester Siti»dagi ko‘p yillik faoliyatini chempionatda ikkinchi o‘rin va Angliyaning ikki kubok musobaqasidagi g‘alabalar bilan yakunladi.

Kuchli uchlikni Mikel Arteta to‘ldirdi. U «Arsenal»ni 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempionligiga olib keldi.

Shuningdek, top-10 dan Xans-Diter Flik («Barselona»), Unai Emeri («Aston Villa»), Jan Pyero Gasperini («Roma»), Xabi Alonso («Chelsi»), Arne Slot (klubsiz), Vensan Kompani («Bavariya») va Kristian Kivu («Inter») ham joy oldi.

«Real»ga qaytgan Joze Mourinyo esa reytingda atigi 24-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 13:05, 13.08.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик