Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Tijani Reynders yaqin orada Saudiyaning «Al-Qodisiya» klubida paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Al-Qodisiya»ning asosiy e’tibori ayni damda yangi mavsumning birinchi o‘yiniga qaratilganiga qaramay, Reynders bo‘yicha kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi mumkin. Shu bilan birga, yarim himoyachiga «Nottingem Forest» tomonidan ham qiziqish saqlanib qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, Reyndersning «Manchester Siti»dagi kelajagi «o‘rmonchilar»dan Elliot Anderson xarid qilinganidan so‘ng so‘roq ostida qolgan.

«Shaharliklar» Reyndersni bor-yo‘g‘i bir yil oldin sotib olishgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:19, 13.08.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик