Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Forchun: «Onana «Chelsi» uchun kuchaytirish bo‘lishi mumkin edi»

Forchun: «Onana «Chelsi» uchun kuchaytirish bo‘lishi mumkin edi»

Baho:
+ | -2

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Kuinton Forchun «Chelsi»ga darvozabon Andre Onana transferini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

«Chelsi» shu yozda tarkibni mustahkamlash uchun katta mablag‘ sarfladi, ammo Filip Yorgensen ijaraga ketishi ortidan yangi darvozabon xarid qilgani yo‘q. Forchunning fikricha, Onana bir qator jamoalar uchun yaxshi variant bo‘la oladi.

«Andre Onana «Chelsi» uchun kuchaytirish bo‘lishi mumkin edi. Uning oyoqlari bilan qanchalik sifatli o‘ynashini ko‘ryapsiz, hozir esa ko‘plab murabbiylar darvozabon hujumlarni boshlab berishini xohlashadi. Onana jamoa uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi mumkin», — deya Forchunning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

U shuningdek, golkiperning uzun uzatmalarni amalga oshirish mahoratini alohida ta’kidlab o‘tdi:

«Sizda to‘pni 45–50 metrga hujumchi yoki yarim himoyachiga yetkazib bera oladigan va uzatmalari bilan himoya chiziqlarini yorib o‘tadigan darvozabon bo‘lsa, bu katta farqni yuzaga keltirishi mumkin. U ushbu komponenta bo‘yicha eng yaxshilardan biri».

Forchunning so‘zlariga ko‘ra, Onanaga yo‘l qo‘yilgan xatolardan so‘ng o‘z ishonichini qaytarib olishi kerak. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted»ning sobiq a’zosi kamerunlik posbon yana yuqori darajaga chiqa olishiga ishonadi.

2026/27 yilgi mavsumda Onana ijara huquqi asosida Turkiyaning «Trabzonspor» klubida o‘ynashni davom ettiradi. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:42, 13.08.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик