Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Konor yoki Getji: Habibning faoliyatidagi eng og‘ir jang qaysi?

Konor yoki Getji: Habibning faoliyatidagi eng og‘ir jang qaysi?

Baho:
+ | -

UFC yengil vazn toifasidagi sobiq chempion Habib Nurmagomedov Konor Makgregor va Jastin Getji qarshi janglarni taqqoslab, Getjiga qarshi kechgan bellashuv faoliyatidagi eng og‘ir bahs bo‘lganini aytdi.

“Konorga qarshi jang o‘sha paytda faoliyatimdagi eng og‘ir jang bo‘lganmi? 100 foiz. Janglar bu psixologiya. Ruhiy jihatdan o‘sha paytda bu eng og‘ir jang edi. Shundan keyin Getji bilan bundan ham og‘irroq jangim bo‘ldi”, deydi Habib.

Getjiga qarshi bahs nima uchun eng og‘ir bellashuv bo‘lgani haqida savolga Nurmagomedov quyidagicha javob berdi:

“Avvalo, otamdan ayrilganim sababli. O‘zimni qo‘lga olish juda qiyin bo‘ldi. Hammasi bir-biriga qo‘shilib ketdi. Otam vafot etdi, tayyorgarlikni usiz o‘tkazdim — men shug‘ullangan va chempion bo‘lishni istagan insonsiz. Eng avvalo, unga eng yaxshi bo‘lishim mumkinligini isbotlamoqchi edim”.

“Burgut” faoliyatida so‘nggi jang oldidan salomatligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini ta’kidladi.

“Yig‘in davomida ham sog‘lig‘im yaxshi emasdi, birin-ketin jarohatlar oldim. Ruhiy jihatdan esa o‘tkirligimni saqlab qolgandim. Hali hech kim bu mening so‘nggi jangim ekanini bilmasdi. Men esa o‘zim uchun bilardim: u yerda hammasiga nuqta qo‘yishim kerak edi. Bularning barchasidan o‘tish, jarohat olish juda og‘ir bo‘lardi. Onam yana buni boshidan kechirishi kerak edi. Faoliyatimni yakunlash haqida u bilan gaplashgan edik. Shu sababli hammasiga nuqta qo‘ymoqchi edim”, deydi Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 2021-yilda UFC'dagi so‘nggi jangida amerikalik Jastin Getjini bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etgan. U MMA’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 2022-yilda esa u UFC Shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullana boshladi. U Xaver Mendes bilan birga Islom Maxachev, Umar va Usmon Nurmagomedovlarga murabbiylik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Nurmagomedov Khabib Gym xalqaro sport zallari tarmog‘ini rivojlantirgan va turli sport loyihalariga sarmoya kiritgan.

Kiritildi: 15:46, 13.08.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик