Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Doku: «Bu ajoyib tuyg‘u»

Doku: «Bu ajoyib tuyg‘u»

Baho:
+ | -

Yaqinda Jeremi Doku «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirgani ma’lum bo‘lgan edi. Belgiya milliy terma jamoasi vingeri 2031 yilning o‘rtalariga qadar «shaharliklar» sharafini himoya qiladi.

Klub bilan hamkorlikni uzaytirgandan so‘ng 24 yoshli hujumchi jamoa matbuot xizmatiga bergan intervyusida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu yerda o‘tkazgan vaqtim menga juda yoqdi, shuning uchun shu yerda qolish — bu ajoyib tuyg‘u. Bu klub men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Men bu yerda ham o‘yinchi, ham shaxs sifatida o‘sdim. Bu yerda o‘zimni qulay his qilyapman va har kuni takomillashib borayotganimni bilaman», — dedi Doku.

2023 yildan beri «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelayotgan forvard o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushdi. Doku o‘z hisobiga 8 ta gol va 14 ta rezultativ uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:02, 13.08.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик