Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Kubarsi Golden Boy-2026 uchun da’vogarlar reytingida Yamalni ortda qoldirdi

Kubarsi Golden Boy-2026 uchun da’vogarlar reytingida Yamalni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy-2026 sovrini uchun da’vogarlar reytingida birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar berdi.

Yangilangan reytingda 19 yoshli Kubarsi klubdoshi Lamin Yamalni 700 ochkoga ortda qoldirmoqda. Yamal mazkur sovrinni 2024 yilda qo‘lga kiritgan edi. Uchinchi o‘rinni Madridning "Real" klubi yangi a’zosi Yan Diomande egallab turibdi.

Eng ko‘p yosh iqtidor Angliya chempionatida to‘plangan — 26 nafar. Top-100 reytingda eng ko‘p futbolchiga ega klub esa "Portu" bo‘lib, undan 5 nafar o‘yinchi ro‘yxatga kiritilgan.

Golden Boy-2026 sovrini 26 oktyabr kuni Londonda topshiriladi. Mukofotga 2006 yil va undan keyin tug‘ilgan, Yevropaning eng kuchli 25 ta chempionatida to‘p tepayotgan futbolchilar da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: 21:54, 13.08.2026.
O'qildi: 1597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик