Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Real» tarbiyalanuvchisini «Strasbur»ga 10 mln yevroga sotmoqda

«Real» tarbiyalanuvchisini «Strasbur»ga 10 mln yevroga sotmoqda

Baho:
+ | -

«Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xakobo Ortega Madrid klubini tark etib, faoliyatini Fransiyada davom ettirishga yaqin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli hujumchi bugun «Kastilya»dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan. Futbolchining «Strasbur»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan va tomonlar transferning asosiy shartlarini kelishib olgan.

AS va Cadena SER ma’lumotiga ko‘ra, «Strasbur» Ortega uchun 10 mln yevro to‘laydi. Bu summa evaziga fransuz klubi futbolchiga bo‘lgan huquqlarning 70 foizini oladi, «Real» esa qolgan 30 foizini o‘z qo‘lida saqlab qoladi. Madridliklar kelishuvga futbolchining kelajagini nazorat qilish imkonini beruvchi qayta sotib olish va ustuvor huquq kabi mexanizmlarni ham kiritgan.

Ortega asosan «Real Madrid C» safida harakat qilgan bo‘lsa-da, mavsum davomida «Kastilya» va yoshlar jamoasida ham o‘ynadi. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha yosh toifalari hisobida 19 ta gol urdi va ayniqsa UEFA Yoshlar ligasidagi o‘yinlari bilan e’tibor qozondi.

Fransiya klubining taklifi Ortegaga qiziqqan boshqa jamoalar orasida eng jozibador deb topilgan. «Strasbur» BlueCo guruhiga tegishli bo‘lib, ushbu tuzilma Angliyaning «Chelsi» klubiga ham egalik qiladi.

Ushbu kelishuv «Real» akademiyasi uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etadi. Ortega asosiy jamoada biror marta rasmiy o‘yinga tushmasdan turib sotilgan klub tarbiyalanuvchilari orasida eng qimmat transferga aylanadi.

Endi futbolchining Fransiyaga yo‘l olishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shundan so‘ng «Strasbur» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:15, 14.08.2026.
O'qildi: 1164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик