Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Napoli" Italiya U21 himoyachisi Favazuli transferini yopdi

"Napoli" Italiya U21 himoyachisi Favazuli transferini yopdi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Katandzaro"ning o‘ng qanot himoyachisi Kostantino Favazulini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, neapolliklar 2004 yilda tug‘ilgan futbolchining transferi bo‘yicha "Katandzaro" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bitimning umumiy qiymati 7 mln yevroni tashkil etadi.

Transfer dastlab 1 mln yevrolik pullik ijara, keyin esa 6 mln yevro evaziga majburiy sotib olish sharti asosida amalga oshirilishi kutilmoqda. Favazuli "Napoli" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Qizig‘i, transferdan tushadigan mablag‘ning barchasi "Katandzaro"ga tegmaydi. Futbolchining sobiq klubi "Fiorentina" kelishuv shartlariga ko‘ra transfer daromadining 50 foizini oladi.

Favazuli "Fiorentina" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024/25 yilgi mavsumni "Bari"da ijara asosida o‘tkazib, 29 ta uchrashuvda 1 gol va 1 assist qayd etgan. 2025 yil yozida esa "Katandzaro" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagan.

Universalligi futbolchining asosiy ustunliklaridan biri. "Katandzaro" rasmiy ro‘yxatida Favazuli himoyachi sifatida qayd etilgan, u qanot bo‘ylab bir nechta pozisiyada harakat qila oladi.

Favazuli Italiyaning U21 milliy jamoasiga ham jalb etib kelinmoqda. 2026 yil mart oyida u Yevropa chempionati saralash o‘yinlari uchun Italiya yoshlar terma jamoasi qaydnomasidan joy olgan.

Shu tariqa, "Napoli" yozgi transfer oynasida himoya qanotini yosh va istiqbolli italiyalik futbolchi bilan kuchaytirishga yaqin. Endi Favazulining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnoma imzolashi qolgan.

Kiritildi: 12:51, 14.08.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик