Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Tottenxem» Osimxenni kuzatmoqda

«Tottenxem» Osimxenni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, nigeriyalik futbolchiga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, «Galatasaroy» 64,4 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Shuningdek, nigeriyalik hujumchining xizmatlariga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ham qiziqmoqda, ammo Osimxenni sotib olish uchun klub avval Karim Benzemani sotib yuborishi kerak.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli Osimxen 33 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Hujumchining «Galatasaroy» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:40, 14.08.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик