Rodrining «Barselona»ga o‘tishi yaqinlashayotgani sababli, «Manchester Siti» tarkibga yangi yarim himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Enso Mareskaning fikricha, 25 yoshli Enso Fernandes maydon markazida Rodrining o‘rnini ideal tarzda egallay oladi.
Italiyaning Sky nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» Fernandes uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, «Chelsi» ushbu transfer bo‘yicha dedlayn belgilagan — Enso Fernandes bo‘yicha taklif juma kuni kechgacha berilishi kerak. Ammo narx masalasida savollar mavjud. Avvalroq «aristokratlar» Fernandesni 120 millionga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi, biroq bu summa yevroda emas, funt sterlingda ko‘rsatilgan. Bu yevro hisobida taxminan 140 million yevroni tashkil etadi.













