Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Mareska Reynders haqida: «Futbolchilar ketishga qaror qilgan bo‘lsa, ularni olib qolish oson emas»

Mareska Reynders haqida: «Futbolchilar ketishga qaror qilgan bo‘lsa, ularni olib qolish oson emas»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reyndersning jamoadan ketishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Avvalroq xavbek Saudiya Arabistonining «Al-Qadisiya» klubiga o‘tishga yaqin turgani xabar qilingan edi.

«Futbolchilar allaqachon xayolan ketishga qaror qilib bo‘lishgan bo‘lsa, ularni olib qolish uchun ko‘ndirish oson emas. Tijani bilan bog‘liq vaziyat Trafford va yana ba’zi o‘yinchilar bilan sodir bo‘lgan holatga o‘xshash. Menimcha, agar klub, futbolchi va murabbiy eng yaxshi yechim ketgani ma’qul deb hisoblashsa, demak, shunday bo‘lishi kerak», — dedi Mareska matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Reynders barcha turnirlarni hisobga olganda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma muallifiga aylangan edi.

Kiritildi: 16:11, 14.08.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик