Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Kerrik: «Yangi o‘yinchilardan mamnunmiz, ammo yana 1-2 ta pozisiyani kuchaytirishimiz kerak»

Kerrik: «Yangi o‘yinchilardan mamnunmiz, ammo yana 1-2 ta pozisiyani kuchaytirishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaga yangi o‘yinchilarni taklif qilish va tarkibni yanada kuchaytirish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Birinchi navbatda, biz sotib olingan yangi futbolchilardan juda mamnunmiz. Fikrimcha, biz jamoani va tarkibni turli jihatlardan — muvozanat, sifat va biz harakat qilmoqchi bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha yaxshiladik. Juda ajoyib ish bajardik va birinchi darajali o‘yinchilarni oldik. Shu sababli bundan juda xursandmiz.

Biz har doim rivojlanishni, ko‘prog‘iga erishishni xohlaymiz, bu jarayon hech qachon to‘xtamaydi. Buni yaxshi anglaymiz va oldinga harakat qilishda davom etishimiz kerak.

Tarkibimizda kuchayishimiz mumkin bo‘lgan bir yoki ikkita pozisiya bor va buning uchun imkoniyat mavjudligini his qilyapmiz. Ammo bu jamoaning sifati va chuqurligini oshiradigan to‘g‘ri qadam bo‘lishi kerak. Buni to‘g‘ri boshqarishimiz lozim va bu juda aniq masala.

Pulni tushunaman, moliya — bu moliya. Ammo eng muhimi — futbol va undagi raqobatdir. Biz oxirgi oylarda erishgan natijalarimiz va egallagan o‘rnimizdan ishonch olgan holda, barcha turnirlarda muvaffaqiyatga intilishimiz kerakligini his qilyapmiz.

Moliyaviy tomonlar yoki boshqa omillar bo‘ladimi, vaziyat shunday. Endi mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz va yana g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni berishimiz kerak.

Oldinga intilishimiz shartligi aniq. Bajarishni xohlagan ba’zi rejalarimiz bor, lekin ular mutlaqo to‘g‘ri va oqilona qarorlar bo‘lishi kerak», — dedi Kerrik.

Kiritildi: 16:23, 14.08.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик